🔥 Texnikumimiz o‘quvchilari — “Sport ligasi”ning keyingi bosqichida!
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kasbiy ta’lim o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Sport ligasi” musobaqalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumi o‘quvchilari faol ishtirok etib, munosib natijalarga erishmoqdalar!
💪 Musobaqalarning 1-bosqichida texnikumimizning 226 nafar o‘quvchisi sportning besh turi — yengil atletika, shashka, stol tennisi, voleybol va stritbol bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.
🥇 5–10-oktabr kunlari o‘tkazilgan tuman bosqichida esa o‘quvchilarimiz quyidagi sport turlari bo‘yicha 3-bosqichga yo‘llanma olishga muvaffaq bo‘ldilar:
🏃♀️ Yengil atletika — 4 nafar qiz
🏓 Stol tennisi — 1 nafar qiz
♟️ Shashka — 1 nafar qiz
🏐 Voleybol — 8 nafar qiz
🌟 Jami 14 nafar o‘quvchi texnikumimiz sharafini keyingi bosqichda himoya qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi!
Bu natijalar o‘quvchilarimizning intilishi, sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviy birdamligi hamda ustozlarimizning samarali mehnati samarasidir.
👏 Musobaqaning navbatdagi bosqichida ishtirok etadigan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz! Yangi g‘alabalar, yuksak marralar va yorqin natijalar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumi — bilim, mahorat va sport birlashgan maskan! 💙





#BeshTashabbusOlimpiadasi #SportLigasi #PedagogikaTexnikumi #YoshlarSporti #G‘alabaSari #Qoraqalpogiston
