27 апреля, 2026

“Amir Temur oyligi” munosabati bilan o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumida sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. O‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, o‘quvchilar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda tariximizga, buyuk ajdodlarimiz xotirasiga ehtirom  maqsadida  tashkil qilingan tadbirda Sohibqiron Amir Temur hayoti aks etgan videoroliklar namoyish qilindi. Buyuk sarkarda, davlat arbobi, Temuriylar davlatining asoschisi bo‘lgan Amir Temurning jasorati, zukkolik va yetakchilik qobiliyati haqida  so‘z yuritildi.

Amir Temurning “Kuch adolatda!” degan shiori va davlatni boshqarishdagi tartib-intizomi, qonun ustuvorligi, bunyodkorligi haqida o‘quvchilarga batafsil tushuntirib  berish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida  sohibqironning amalga oshirgan  buyuk ishlari, uning davrida ilm-fan, madaniyat va me’morchilik yuksak darajada rivojlanganligi, Samarqand shahrining uning sa’y-harakati bilan dunyoning eng go‘zal va rivojlangan shaharlaridan biriga aylantirilgani ta’kidlandi.       

Texnikumda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Biz kim Mulki Turon!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.