🏫 Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumida o‘quvchilar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatchilikning oldini olish, yoshlar salomatligini asrash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z. Matyakupova ochib berdi. Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali narkolog-shifokori Abror Jalilov ishtirok etib, giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, narkojinoyatchilikning ayanchli oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi. O‘quvchilarga mavzuga oid profilaktik bukletlar tarqatildi.
💬 Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan batafsil javoblar oldilar.

✅ Maqsad — yoshlarni zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom kelajak sari yo‘naltirish!
#QoraqalpogistonPedagogikaTexnikumi #GiyohvandlikkaQarshiKurash #SoglomTurmushTarzi #YoshlarKelajagi #ProfilaktikTadbir
