21 октября, 2026

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI PEDAGOGIKA TEXNIKUMIDA “O‘ZBEK TILI BAYRAMI” KENG NISHONLANDI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ona tilimizning boyligi, jozibasi va ma’naviy qadriyatlarimizni tarannum etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizning go‘zalligi, uning xalqimiz hayoti va milliy o‘zligimizdagi beqiyos o‘rnini aks ettiruvchi she’rlar, monologlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ayniqsa, texnikum tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi. Bolajonlarning samimiy chiqishlari ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmatni yosh avlod qalbiga singdirish naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarda ona tiliga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar ona tilini asrab-avaylash, uning sofligini saqlash, boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda uni kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekanini chuqur his etdilar.

Ona tili — millatning ruhi, ma’naviy boyligi va milliy o‘zligining ko‘zgusidir. Uni e’zozlash, rivojlantirish va kelajak avlodga sof holda yetkazish barchamizning sharafli vazifamizdir.

Tadbir ko‘tarinki ruhda, ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtirom tuyg‘ulari bilan yakunlandi.