27 марта, 2026

“Navro’zni ulug’lash- insonni ulug’lashdir” shiori ostida o’tkazilgan bayram tadbir

Tadbirni yoshlar ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z.Matyakupova ochib berdi va yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladi.Tadbir davomida trexnikum direktori M.Mirzambetov so’zga chiqdi. U o’z so’zida Navro‘z bayrami  butun diyorimiz bo’ylab o’tkazilayotganligi  haqida gapirdi.

Umuman olganda Navro‘z  bu shunchaki bayram emas. Navro‘z necha asrlardan buyon nishonlanib kelayotgan bo‘lsa, u qanchalik quvnoq va shodon o‘tsa, tabiat ham odamlarga shunchalik saxiy bo‘ladi, degan rivoyat ham shuncha asrlardan buyon mavjud.

Tadbir davomida  taomlar  festivali, arqon tortish sport musobaqalari va texnikum tasaruffidagi maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhi tomonidan  ajoyib raqslar ijro etildi, texnikum o’quvchilari tomonidan kuy va qo’shiqlar, raqslar va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.bayram ko’tarinki ruhda o’tdi.

Tadbir yakunida  taomlar  festivali va arqon tortish musobaqalarida g’olib bo’lgan o’quvchilar texnikum adminstratsiyasi  tomonidan esdalik sovg‘alari  bilan taqdirlandi.